10:07 / 25.04.2021
27883
Koronavirus: O‘zbekistonda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 2600dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq kishida koronavirus aniqlanib, pandemiya boshlangandan buyon O‘zbekistonda kasallanganlar soni 89 mingdan oshgani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda shifoxonalarga yotqizilganlar soni 2600dan oshib ketgan.

«2021 yil 24 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 89027 (+348) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 1 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 4 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 40 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 6 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 7 nafari Xorazm viloyatida,
  • 68 nafari Toshkent viloyatida,
  • 182 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 16 nafar,
  • Buxoro viloyatida 8 nafar,
  • Jizzax viloyatida 13 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 29 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 29 nafar,
  • Toshkent shahrida 116 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85764 (+228) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 643 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2620 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top