Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
British Management University matematika fanidan kirish imtihonlarini davom ettirmoqda

Abituriyentlar uchun matematika fanidan test sinovlari har shanba kuni universitet binosida, ya’ni Toshkent shahar Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasi 22A uyda bo‘lib o‘tadi.
Mamlakatdagi epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda, Universitet 7-8 may kunlari Navoiy shahrida matematika bo‘yicha kirish imtihonlarini ham o‘tkazadi.
Manzil: Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti binosi, 101-xona.
Shuningdek, kelgusida kirish sinovlarini Samarqand shahrida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.
Kirish imtihoniga ro‘yxatdan o‘tish va batafsil ko‘rsatmalarni olish uchun, BMU rasmiy saytiga kirib, uning pastki o‘ng burchagidagi «Apply Now!» tugmasini bosishingiz kerak (www.bmu-edu.uz).
Matematika imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan va IELTS ≥ 5.5 (yoki unga tenglashtirilgan: TOEFL, Duolingo, Pearson) sertifikatini taqdim etgan abituriyentlarga uch hafta ichida Universitet tomonidan taklif xati (Offer Letter) yuboriladi.
BMU grantlari
Universitetning 100 foizlik granti kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan, iqtidorli abituriyentlarga beriladi. Bunda nomzod tegishli hujjatlarni taqdim etishi, insho (essay) yozishi va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tishi kerak.
Universitetning 50 foizlik granti IELTSdan 7.0 va undan yuqori ball to‘plagan, matematika imtihonida yuqori natijalarga erishgan va Grant ishlari bo‘yicha komissiya bilan suhbatdan o‘tgan abituriyentlarga beriladi.
Grant olish uchun ariza, abituriyent barcha kirish imtihonlaridan o‘tgandan so‘ng va Universitetdan taklif xati (Offer Letter)ni olgandan so‘ng topshirilishi mumkin.
BMU stipendiyalari
Universitet, talabalar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga erishishlari uchun qo‘ldan kelgancha rag‘batlantirishga harakat qiladi. Birinchi o‘quv yilining bahorgi semestridan boshlab, BMU'ning eng iqtidorli talabalari har oy 1 000 000 so‘m miqdorida «oltin» va 500 000 miqdorida «kumush» akademik stipendiyalarni qo‘lga kiritishlari mumkin.
BMU Math Exam'ga ariza topshirish uchun rasmiy saytning pastki o‘ng burchagidagi «Apply Now!» tugmasini bosish kerak.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

19:00 / 04.11.2024
British Management University talabalarining birinchi bitiruvchisi: yangi ufqlarni ochadigan muvaffaqiyat

16:55 / 13.11.2023