British Management University (BMU) yangi kampusining tantanali oçilişiga bağişlangan katta tadbir bölib ötdi. Yangi kampusning manzili – Toşkentning Mirzo Uluğbek tumani, Mirzo Bobur köçasi, 35.

Tantanali oçiliş marosimiga faxriy mehmonlar qatorida Özbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasining departament rahbari Odil Abdurahmonov, Buyuk Britaniya Lordlar palatasi vakili lord Veyverli va Özbekistondagi Britaniya kengaşi direktori miss Denis Vadinxam taşrif buyurdi. Şuningdek, tadbirda Buyuk britaniyalik hamkor OTM: University of Reading va Queen Margaret University vakillari, University of Cambridge öqituvçilari, BMU rahbariyati, öqituvçilari va talabalari, maşhur blogerlar va inflyuenserlar qatnaşdi.

BMUʼga kelgan mehmonlar dastlab kampus böylab ekskursiyaga taklif etildi, uning öta zamonaviy infratuzilmasi va jihozlanişi mehmonlarda çuqur taassurot qoldirdi. Ekskursiyadan keyin oçiliş marosimining rasmiy qismi boşlandi, unda faxriy mehmonlarning qutlov sözlari, iftixorga töla mulohazalar va ezgu tilaklar yangradi. Çiqişlar yakunlanganidan keyin faxriy mehmonlar ramziy tugmani bosiş orqali kampus işiga start berdi. BMU yangi kampusining tantanali oçilişi amalga oşdi!

Marosim doirasida universitet rahbariyati namunali akademik özlaştirişga ega talabalarni va jamoatçi-faollarni qimmatbaho sovğalar bilan taqdirladi. Tantanali marosimni raqs jamoalari va özbek estradasi san’atkorlari iştirokidagi ajoyib köngiloçar dastur yakunladi.

BMU rektori Konrad Ozog: “Yangi kampusning qurilişi talabgir ixtisosliklar böyiça qulay ta’lim oliş va öz sohalarida haqiqiy yetakçi böladigan bilimdon rahbarlarni tarbiyalaş uçun barça şaroitlarni yaratiş imkonini berdi. Toşkentdagi Britaniya Menejment universiteti ulkan rejalarga ega va yangi kampusda biz ularning birortasini qoldirmay amalga oşirişni hamda yoş iqtidorlarga jahon standartlariga muvofiq oliy ta’limga ega böliş, muvaffaqiyatli işga joylaşiş hamda Özbekiston Respublikasi iqtisodiyoti foydasiga işlaş imkoniyatini taqdim etişni rejalaştirganmiz”.

Universitetning yangi hududi

British Management University – Özbekistondagi jahon miqyosidagi universitet Toşkentda 2020 yil 8 mayda taşkil topgan. Dastlab maşğulotlar poytaxt markazidagi kiçik kampusda ötkazilgan. Ikki yildan oz muddatda, eng yaxşi mutaxassislar qatnaşişi, ilğor maxsus texnikadan va materiallardan foydalaniş evaziga umumiy maydoni 44 000 m2ga teng zamonaviy eko-kampusni quriş loyihasi amalga oşirildi. 5 gektar maydonda öquv va ma’muriy korpuslar, yotoqxona, sport bilan şuğullaniş va oçiq havoda dam oliş infratuzilmalari, kafe, kitob dökoni va kovorking-hududlar joy oldi. Bundan taşqari, BMUʼning yangi kampusida imkoniyatlari çeklangan insonlar uçun barça şaroitlar yaratilgan.