10:07 / 28.04.2021
23203
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari yana 400ga yaqinlashdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda yana 378 kishida infeksiya aniqlangani va shu vaqtgacha qayd etilgan koronavirus bilan kasallanish holatlari 90 ming nafardan oshgani haqida xabar berdi. Shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 2900dan oshgan.

«2021 yil 27 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 90008 (+378) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Toshkent shahridan tashqari, Toshkent va Samarqand viloyatlarida ham kasallanish darajasi yuqoriligicha qolmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 1 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 3 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 73 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 8 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 8 nafari Xorazm viloyatida,
  • 75 nafari Toshkent viloyatida,
  • 180 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Jizzax viloyatida 8 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Xorazm viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 52 nafar,
  • Toshkent shahrida 176 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 86449 (+269) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 2913 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top