10:16 / 01.05.2021
36412
Koronavirus: Antirekord yana yangilandi, shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 3300ga yaqin

Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus bo‘yicha yana antirekord qayd etilgani, respublika bo‘yicha jami 442ta holat aniqlanib, shuning 259tasi Toshkent shahrida qayd etilgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 30 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 91250 (+442) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Bu o‘tgan yil avgustidan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

  • Yangi kasallanish holatlarining:
  • 7 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 6 nafari Andijon viloyatida,
  • 10 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 4 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 53 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 6 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 19 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 2 nafari Xorazm viloyatida,
  • 60 nafari Toshkent viloyatida,
  • 259 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 10 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 31 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 4 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 6 nafar,
  • Toshkent viloyatida 47 nafar,
  • Toshkent shahrida 125 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 87313 (+246) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 650 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3287 nafar bemor davolanmoqda. O‘zbekistonda aktiv keyslar soni bu qadar ko‘p bo‘lishi o‘tgan yil sentyabridan buyon kuzatilmagandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top