11:23 / 04.05.2021
10017
Zuhra Ibrohimova Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari etib saylandi

2021 yil 4 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar dastlab Qonunchilik palatasi vakolatiga taalluqli masalani ko‘rib chiqdi

Majlisda xalq vakillari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqdilar. 

Parlament xabariga ko‘ra, ushbu lavozimga Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Zuhra Ibrohimovaning nomzodi qo‘yildi. 

Qayd etilishicha, Zuhra Ibrohimova ko‘pchilikning ovozi bilan spiker o‘rinbosari, “Adolat” SDP fraksiyasi rahbari lavozimiga saylandi.

Z.Ibrohimova 1965 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, Toshkent pediatriya tibbiyot institutini tamomlagan, mutaxassisligi - pediatr shifokori.

Top