Qonunçilik palatasi majlisida maxsus avtomatlaştirilgan foto va video texnika vositalari orqali qoidabuzarlik qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibda foydalangan şaxs tortilişi nazarda tutilgan qonun loyihasi körib çiqildi.

Ma’lum qilinişiça, mas’ul qömita tomonidan qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qiliş taklif etilgan. Ammo deputatlar tomonidan uşbu normaga doir turli fikrlar bildirilib, korrupsiya holatlari kelib çiqişi mumkinligi qayd etilgan.

Muhokamalardan söng qonun loyihasi ovozga qöyilgan hamda yetarli ovoz töplamaganligi tufayli rad etilgan.

Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga jismoniy va yuridik şaxsga tegişli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yöl harakati qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlaştirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibda boşqariş yoki foydalaniş huquqini olgan şaxslarni ma’muriy javobgarlikka tortişni belgilovçi qöşimça kiritiş nazarda tutilgandi.  

Amaldagi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 17(1)-moddasida maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş texnika vositalari orqali yöl harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortilişi belgilab qöyilgan.

Özgartirişlarga köra, uşbu bandni «transport vositasining mulkdori» degan sözlardan keyin «yoki mazkur transport vositasini fuqarolik-huquqiy tartibida foydalangan şaxs» degan sözlar bilan töldiriş taklif etilgandi.