20:57 / 05.05.2021
8139
AQShda Minuteman III raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi

Minuteman III 12 ming km masofaga parvoz qila oladigan qit'alararo ballistik raketa hisoblanadi. AQSh to‘rt yuz dona ana shunday raketaga ega.

Foto: Global Look Press

AQShda Minuteman III qit'alararo ballistik raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda AQSh harbiy-havo kuchlari global zarba qo‘mondonligi xabar qildi.

 Raketa sinovi Kaliforniya shtatidagi Vandenberg aviabazasida o‘tkazildi.

«Hozirda muvaffaqiyatsizlik sabablari o‘rganilmoqda», — deyiladi xabarda.

Avvalroq raketa Kaliforniyadagi aviabazadan Kvajaleyn (Marshall orollari, Tinch okeani) atollidagi poligonga yo‘naltirilishi xabar qilingandi.

Minuteman III raketasi 12 ming km masofaga parvoz qila oladigan qit'alararo ballistik raketa hisoblanadi. AQSh har biri uchtagacha yadroviy kallak tashiy oladigan to‘rt yuz dona ana shunday raketaga ega.

 

Top