AQŞ Minuteman III qit'alararo ballistik raketasining navbatdagi sinovini ötkazadi. Ma'lumot berilişiça, Tinç okeanidagi hudud fuqaro aviatsiyasi parvozi uçun yopiladi.

Sinov 5-6 may kunlari bölib ötadi. Raketa Kaliforniyadagi Vandenberg aviabazasidan Kvajaleyn (Marşall orollari, Tinç okeani) atollidagi poligonga yönaltiriladi. Raketaning parvoz masofasi 7,77 ming kilometrni taşkil qiladi.

Minuteman III raketasining oxirgi sinovi 23 fevralda ötkazilgandi. Raketa 6,76 ming km masofani bosib ötib, Kvajaleyn atollida joylaşgan poligondagi nişonni urgandi. 

Minuteman III raketasi 12 ming km masofaga parvoz qila oladigan qit'alararo ballistik raketa hisoblanadi. AQŞ har biri uçtagaça yadroviy kallak taşiy oladigan tört yuz dona ana şunday raketaga ega.