Öq-dorilar keskin tanqisligi sababli Ukraina qurolli kuçlari (UQK) öz şaharlarining havo mudofaasi uçun raketalarni mart oyi oxirigaça tugatişi mumkin. «Bu şuni anglatadiki, Ukraina hozirgidek Rossiyaning beşta raketasidan törttasini urib tuşiriş örniga, beşta raketadan faqat bittasini urib tuşira oladi», — deb yozadi Britaniyaning The Telegraph gazetasi 16 mart kuni.
U Rossiya armiyasi qurol-yaroğlar soni böyiça Ukraina armiyasini ortda qoldirayotganiga va Ukrainada havo hujumidan mudofaa raketa zaxiralari tugagani haqidagi xabarlar fonida Ukraina hududiga havo hujumlarini kuçaytirişga tayyorlanayotganiga e’tibor qaratdi. Şu bilan birga, The Telegraph Rossiya Mudofaa vazirligi bilan boğliq bölgan Rossiya Telegram-kanallariga ham işora qiladi, ularda «Ukraina kuçlari hali ham qattiq qarşilik körsatmoqda va nisbatan yaxşi qurollanganga öxşaydi», deb yoziladi. Rossiya resurslari, ayniqsa, Ukraina dronlarining samaradorligini alohida qayd etyapti.
Ukraina uçun moliyaviy yordam bilan boğliq muammolar
Ukrainadagi öq-dorilar bilan boğliq keskin vaziyat fonida, Qöşma Ştatlardagi siyosatçilar Ukrainaga harbiy yordamni davom ettiriş maqsadga muvofiqligi haqida qizğin bahs-munozaralarga kirişmoqda. Vengriya boş vaziri Viktor Orban, agar Donald Tramp prezidentlikka qayta saylansa, AQŞ Ukrainaga boşqa pul bermasligini aytdi.
Polşa boş vaziri Donald Tusk keskin ravişda AQŞ Kongressi Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonni Amerikaning Ukrainaga 60 milliard dollarlik yangi yordam paketi uçun ovoz beriş jarayonini tezlaştirişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, Jonson 20 kişining hayotiga zomin bölgan Rossiyaning yaqinda Odessaga bergan zarbasi oqibatlarini diqqat bilan körib çiqişi kerak.
12 mart kuni Vaşington Kiyevga 300 million dollar şoşilinç harbiy yordam körsatişini e’lon qildi, biroq Qöşma Ştatlar Kongress qöşimça moliyalaştirişni ma’qullamay turib, Ukrainaga boşqa yirik paketni taqdim eta olmasligidan ogohlantirdi.














