15:15 / 06.05.2021
8637
Aprelda inflyatsion kutilmalar va sezgilar oshdi. Markaziy bank so‘rovi

Markaziy bank 2021 yil aprel oyida inflyatsion kutilmalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalarini ma'lum qildi. Aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 16,6 foizga, biznesning kutilmalari esa 16,9 foizga yetgan. Mart oyida esa bu ko‘rsatkich aholida 15,9 foiz, biznesda 15,5 foiz bo‘lgan.

Markaziy bank so‘rovida 4000 respondent ishtirok etdi, shundan 69 foiz biznes vakillari, 31 foizi aholidir.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, aholining inflatsiya bo‘yicha kutilmalari 16,6 foizga, biznesning kutilmalari esa 16,9 foizga yetgan. Kutilmalar yaqin 12 oydagi baholashlarni aks ettiradi.

Ayni vaqtda aholi sezgan inflatsiya 17,7 foizga, biznes sezgan inflatsiya 17,5 foizgacha oshgan. Sezilmalar o‘tgan 12 oydagi sezgilarni qamrab oladi.

Taqqoslaydigan bo‘lsak, joriy yil mart oyida inflyatsion kutilmalar biznesda 15,9, aholida 15,5 foizni tashkil etgandi. Shu o‘rinda, mart oyida aholi sezgan inflatsiya 16,2, biznesniki esa 16,3 foizni tashkil etgandi.

Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, aholining inflatsiya kutilmalari bo‘yicha Namangan viloyati (19 foiz), Toshkent (18foiz) va Andijon viloyatlari (17 foiz) yetakchilik qilgan.

Aholiga sezilgan inflatsiya darajasi bo‘yicha Namangan (19,7 foiz), Toshkent shahri (18,5 foiz) va Samarqand (18,2 foiz) viloyatlari, biznesga sezilgan inflatsiya esa Samarqand (22,6), Namangan (19,5 foiz) va Xorazm (18,1 foiz) viloyatlarida yuqori ko‘rsatkichlarga egaligi ma'lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil aprelida iste'mol sektoridagi tovarlar va xizmatlar o‘rtacha 1,5 foizga qimmatlagani ma'lum qilingandi.

Top