17:31 / 07.05.2021
1162
Qarshida kanalizatsiya suvi daryoga oqayotgani aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qashqadaryo daryosiga shahar kanalizatsiyasi bemalol oqizib qo‘yilgan! Holbuki, bu suvda odamlar cho‘miladi, chorva sug‘oriladi...» sarlavha ostida maqola chiqdi.

Maqola yuzasidan Qashqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati munosabat berdi.

Munosabatda yozilishicha, holatni o‘rganish davomida Qarshi shahar suv ta'minoti korxonasiga qarashli Sohil bo‘yi «Kanalizatsiyalar nasos stansiyasi» (KNS)ning nasosidagi nosozlik tufayli kanalizatsiya tarmog‘idan oqib chiqayotgan oqova suv haqiqatdan ham Qashqadaryo daryosiga oqib tushayotganligi aniqlangan. 

Ushbu holat bo‘yicha Qarshi shahar suv ta'minoti korxonasi mas'ul xodimlari bilan birga o‘rganish o‘tkazilgan.

KNSdagi nasosning kamchiliklari bartaraf etildi. KNSda nosozlik tufayli kanalizatsiyadan oqib chiqayotgan oqova suv tufayli Qashqadaryo daryosi suvining ifloslanishi yuzasidan Qarshi shahar suv ta'minoti korxonasining mas'ul xodimlariga nisbatan MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan «ma'muriy bayonnoma» rasmiylashtirilgan.

Top