Oltiariq tumani Qapçuğay qişloğida joylaşgan köp qavatli uylardan çiqadigan kanalizatsiya suvi Farğona kanali ifloslanişiga sabab bölyapti. Badböy hid yaqin atrofda yaşovçi aholining salomatligiga ta’sir qilişni boşlagan. Kun.uz muxbiri aholi vakillari va rasmiylar bilan suhbatlaşdi.

“Oğriqli masala böyiça köp joylarga murojaat qilganmiz, lekin biron taşkilot kelib jiddiy şuğullanmadi. Örganganlari esa qoğozda qolib ketdi.

Bu yerda yoşligimizdan çömilib ulğaydik. Mana bu iflos bölib ketgan ariqni Oltiariqda bilmagan odam bölmasa kerak. Yoşligimizda bu ariqda çömilib, suviga non botirib yegan paytlarimiz bölgan.

Azizjon Qodirjonov

Uyda turişning iloji yöq. Derazani oçsak, badböy hid uyga kirib ketadi. Yoş bolalarim bor. Boğçaga olib ketayotsam, badböy hidni yoş bola ham biladi-da. “Dada, oynani kötarib qöying” deydi. Birovning çiqindi suvini aholi içiga oqizib yuboriş qançalik töğri?! Çiqmagan joyimiz qolmadi. Heç qanday çora körilmayapti.

Holatni örganiş uçun deputatlar, hokimlikdan odamlar keldi, lekin masala hal bölmayapti. Qaçondir kanalizatsiya tizimi taşkil qilinib olib ketiladi degan gap bor, lekin ungaça çidab bölmaydi-ku”, deydi Azizjon Qodirjonov.

Badböy hid qişda ham bilinadi

“Mana şu domlar qurilib, bitgandan keyin, kanalizatsiya hidi çiqişni boşladi. Bu yerda mana qança aholi bor. Kanalga yaqin hududda tuman yuqumli kasalliklar şifoxonasi bor. Kasalxonaga kelganlar ança-munçasi davo topib, hididan yana qöşimça kasallik orttirib ketyapti öşa yoqqa qarab şabadasi urganligi uçun.

Şavkat Muxtorov

Kanalizatsiya, badböy hid atrofga qarab ketyapti. Bundan taşqari, domning çiqindi suvi kanalga tuşyapti. Bu kanalda suv bir haftada ikki kun, uç kun keladi. Ungaça baribir bu yerda dimlanib, yana ham konsentratsiyasi oşib, mikroblar, boşqa narsalar ham çiqyapti. Buning orqasidan yana qança-qança kasallik tarqayapti. Badböy hid hatto qişda ham bilinadi”, deydi Şavkat Muxtorov.