10:58 / 11.05.2021
1959
Yakkabog‘da cho‘ponlar pichoqlashishdi

Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumani «Uyg‘ur» MFY, Ajrim qishlog‘ida yashovchi K.T 2021 yil 02 may kuni «Qo‘shchinor» MFY, G‘urjob qishlog‘ida yashovchi B.O. bilan tortishib, pichoqlab qo‘ygan. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda yozilishicha, K.T. qo‘y boqib yurgan vaqtida, qo‘ylarini xaydab o‘tayotgan B.O.ga «nega meni chaylamni yonidan qo‘ylaringni olib o‘tasan» deb, o‘zaro og‘zaki tortishib qolishgan. Janjal vaqtida K.T. oshxona pichog‘i bilan B.O.ni chap ko‘krak sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top