07:24 / 18.05.2021
258
Karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 1-bosqich musobaqasi yakunlandi

Shu yilning 14-16 may kunlari Uchqo‘rg‘on tumanida kartadrom va karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi 1-bosqich musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahri va barcha viloyatlardan jami 100 nafardan iborat 7 yoshdan boshlab va undan yuqori bo‘lgan sportchilar  dvigatel hajmi 50, 61.5, 125, 250 sm/kub bo‘lgan kartinglarda ishtirok etdilar.


 
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent shahri jamoasi, 2-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi va 3-o‘rinni Toshkent viloyati jamoasi egalladi.

G‘oliblarga "Vatanparvar" tashkilotining esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlari topshirildi.

Top