Ma'lum qilinişiça, ijod maktablarining 1-bosqiç saralaş imtihonlari 2021 yil 5 iyuldan 13 iyulga qadar, 2-bosqiç (test sinovlari) 2021 yil 15 iyuldan 20 iyulga qadar taşkil etiladi.

Ijod maktablarida 1-bosqiç (ijodiy sinovlar) natijalari sinov ötkazilgan kundan boşlab 5 kun muddat içida e'lon qilinadi. 2-bosqiç (test sinovlari) natijalari esa sinov ötkazilgan kundan 3 kun ötib e'lon qilinadi.

Agentlik axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova mazkur maktablarda yölga qöyilgan yangi yönalişlar haqida ma'lumot berdi.

“Ijod maktablarida nafaqat adabiyot, balki tarjimonlik, jurnalistika, zamonaviy medianing SMM sohasi böyiça ham bilim beriş yölga qöyildi. Şuningdek, çet tillari, xususan, ingliz, nemis va fransuz tillari ham  çuqurlaştirilgan dastur asosida tez va oson örgatiladi.

Şu bilan birga, endilikda ijod maktabi öquvçilari eski özbek yozuvi hamda notiqlik san'ati böyiça ham bilim olişadi.

Mazkur maktablarda öquvçi davlat ta'lim standartlari doirasida fundamental bilim, malaka va könikmaga ega böladi hamda öz qiziqiş va layoqatiga köra ta'limni oliy öquv yurtlarida davom ettirişi mumkin.

Ijod maktablarida ijodkorlikka iqtidori yuqori bölgan yoşlarga çet tillar va adabiyotni çuqurlaştirib öqitiş orqali bölajak til tadqiqotçilari, matnşunoslar, tarjimonlar, jurnalistlar, media mutaxassislari hamda şe'riyat, nasr, dramaturgiya, publitsistika yönalişlarida ijod qiliş asosini egallab, ulardan birida ijodiy maşq qila olişlari rağbatlantiriladi. Yana qöşimça tarzda maktabda tahsil olişlari davomida maktab öquvçilarida kamida bitta zamonaviy va bitta milliy kasblar böyiça könikmalar hosil qiliş közda tutilgan”, dedi u.