14:04 / 21.05.2021
6114
Toshkent shahrining ikki tumanida bosh soliqchilar o‘zgardi

Bektemir va Uchtepa tumanlarida soliq inspeksiyalarining yangi rahbarlari tayinlandi.

Azizjon Eshquvvatov Bektemir tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Azizjon Eshquvvatov

A.Eshquvvatov 1984 yilda Ukrainaning Qrim viloyati Kerch shahrida tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent Moliya institutini tamomlagan. 2019 yilning 2 dekabridan hozirgi vaqtgacha Toshkent shahar Bektemir tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

 Shuningdek, G‘iyos Do‘stmuhammedov Uchtepa tuman DSI boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

G‘iyos Do‘stmuhammedov

 Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, ushbu tayinlov Davlat soliq qo‘mitasi raisining 2021 yil 10 maydagi buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.

 G‘.Do‘stmuhammedov shu kunga qadar Toshkent shahar DSBning Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

 Joriy yil mart oyi boshlarida Davlat soliq qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumani davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliqlar tayinlangandi.

Top