11:08 / 22.05.2021
11936

Uchtepa tumani IIBga yangi rahbar tayinlandi 

Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limiga rahbar tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Abduvosit Abdurazzoqov Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar organlari FMB boshlig‘i etib tayinlandi. 

Abduvosit Abdurazzoqov 1981 yil 19 iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 2002 yil IIV Akademiyasini tamomlagan. So‘ngra ichki ishlar sohasining turli lavozimlarida faoliyat yuritib kelgan.

2020-2021 yillar Sergeli tuman Ichki ishlar organlari FMB boshlig‘i  lavozimida ishlagan.

Top