Böka tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bölinmasi tezkor vakili piçoqlanib, maşinasi olib qoçildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bölişiça, holat 2025 yil 2 avgust kuni sodir bölgan: Andijon viloyati Xöjaobod tumanida yaşovçi F.Ş. hamda F.X. (ikkisi ham 2007 yilda tuğilgan) Namangan viloyatiga ketiş maqsadida Samarqand şahridan yölovçi sifatida fuqaro A.N. boşqaruvidagi Cobalt maşinasiga minişgan. Sirdaryo viloyati hududida haydovçi hojatxonaga kirib ketganida F.X. va F.Ş. maşinani olib qoçişgan.

2 avgust kuni soat 3:15 da Sirdaryo viloyati IIB 102 xizmatiga Oqoltin tumani hududida avtomaşinalarga gaz töldiriş şoxobçasidan Cobalt maşinasi noma’lum şaxslar tomonidan olib qoçilgani haqida xabar kelib tuşgan. Uşbu xabarga asosan tösib uşlaş rejasi harakatga keltirilgan.

Viloyat hududidagi barça YPX inspektorlari, YPX maskanlari va blok-postlar ogohlantirilib, mavjud kameralardan olib qoçilgan maşinaning harakat yönalişini aniqlaş böyiça işlar olib borilgan. Biroq jinoyatçilar maşinaning davlat raqam belgisini yeçib harakatlangan.

Sayxunobod tumani hududidagi Böka blok-postida xizmat olib borayotgan YPX inspektoriga uşbu holat darhol yetkazilib, tegişli topşiriq berilgan. Soat 04:24 da uşbu blok-postga davlat raqam belgisi bölmagan oq rangli Cobalt maşinasi kirib kelgan. YPX inspektori uni töxtatib, hujjatlarini söragan. Maşinani boşqarib borayotgan haydovçi hujjatlarni taqdim etib, postdagi yopiq holda turgan ikkinçi yölakdan maşina boşqarib, noma’lum tomonga ketib qolgan.

Gumonlanuvçilar olib qoçilgan maşinada Toşkent viloyati Böka tumani hududida harakatlanib ketayotganida ularni Böka tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv bölinmasi tezkor vakili N.Ş. körib, uşlaşga uringan. Ammo ulardan biri xodimning böyniga piçoq bilan jarohat yetkazgan. Söngra yigitlar özlari olib qoçgan Cobalt’ni öşa yerda qoldirib, xodimning Matiz maşinasini haydab, qoçib ketişgan.

Şundan söng, gumonlanuvçilar Toşkent viloyati Ohangaron tumanida harakatlanib ketayotganida ularga YPX inspektori X.D. töxtaş işorasini bergan. Biroq ular inspektorning bu talabiga böysunmay, uni maşinada urib yuborib, yölda davom etişgan. Inspektor esa oyoğidan jarohatlanib, şifoxonaga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv işlari natijasida gumonlanuvçi şaxslar Ohangaron şahri hududida uşlangan.