20:44 / 28.05.2021
2779
Yo‘qotishlar o‘rtacha 40 foizni tashkil etmoqda – Prezident isitish tizimidagi holatni tanqid qildi

Toshkent shahri issiqlik ta'minotini «yopiq tizim»ga o‘tkazish yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yo‘qotishni (420 milliard so‘m), 320 million kubmetr (210 milliard so‘m) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard so‘m) elektr sarfini qisqartirish imkonini beradi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholining yashash sharoitini yaxshilash, turar joylarni ta'mirlash ishlari bo‘yicha videoselektorda isitish tizimlari bo‘yicha ham to‘xtalib o‘tdi.

«Issiqlik tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish sharti bilan olti oy sinov muddati beriladi.

Respublika bo‘yicha markazlashgan issiqlik tarmoqlariga 15 mingta turar joy ulangan bo‘lsa-da (40 foiz), 2 ming kilometr issiqlik tarmog‘i (50 foiz) yaroqsiz ahvolda bo‘lib, tarmoqdagi yo‘qotishlar o‘rtacha 40 foizni tashkil etmoqda.

Yil yakuniga qadar 56ta qozonxona qurish va rekonstruksiya qilish, 205 kilometr tarmoqlarni ta'mirlash orqali 85 mingta xonadonli 2 mingdan ziyod uylarni markaziy issiqlik tarmog‘iga ulash zarur. Toshkent viloyatida – 1,1 mingta, Farg‘onada – 131ta, Namanganda – 350ta, Buxoroda – 202ta, Samarqandda – 93ta ko‘p qavatli uylarda markazlashgan issiqlik tizimi tiklanishi kerak.

Shuningdek, energosamaradorlik 57 foizdan 92 foizga ortib, tarmoqdagi yo‘qotishlar 35 foizdan 3,5 foizga tushadi.

Birgina misol, Toshkent shahri issiqlik ta'minotini «yopiq tizim»ga o‘tkazish yiliga 3 million gigakaloriya issiqlik yo‘qotishni (420 milliard so‘m), 320 million kubmetr (210 milliard so‘m) tabiiy gaz hamda 85 million kilovatt (40 milliard so‘m) elektr sarfini qisqartirish imkonini beradi», deya prezident so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Top