Prezident Şavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya böyiça videoselektor yiğilişida Özbekistonda mahallada ijtimoiy xizmatlar körsatiş elektron platformasi işlab çiqilişini ma’lum qildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, xizmatlar körsatiş jarayonlarini soddalaştiriş va tezlaştiriş maqsadida:
- ehtiyojmand toifani belgilaş böyiça mezonlar işlab çiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi;
- har bir muhtoj fuqaro böyiça individual ijtimoiy xizmatlar dasturi böladi.
- Mahalladagi «yettilik» uçun ijtimoiy xizmatlar böyiça yagona savolnoma joriy qilinadi.
Mahalladagi barça ijtimoiy xizmatlarni bosqiçma-bosqiç ijtimoiy xizmat körsatiş şartnomasi orqali taqdim etiş yölga qöyiladi.
1 oktyabrdan aholiga körsatiladigan barça ijtimoiy yordamlarni «ijtimoiy karta» orqali moliyalaştiriş joriy etiladi.
Bunda, eng avvalo, «Saxovat va kömak», «Ayollar», «Yoşlar» daftarlari jamğarmalari, keyinçalik bosqiçma-bosqiç 74 turdagi ijtimoiy nafaqa va yordamlar ötkaziladi.
Uşbu karta orqali transport va kommunal sohalardagi imtiyozlardan ham foydalaniş mumkin böladi.
Davlat rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada ötkazayotgan qabullar ham özgarişi kerakligi, qabullarda mahalla «yettiligi» kötargan eng oğir masalalarning yeçimi bölişi lozimligini ta’kidladi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligiga viloyat hokimlari bilan birga barça mahallalarda ijtimoiy xodimlar faoliyatini taşkil qiliş topşirildi.
Protez vositalarini beriş, nafaqa va qarovsiz qolgan bolalarga vasiylikni rasmiylaştiriş, özgalar parvarişiga muhtoj keksalarni yolğiz deb e’tirof etiş kabi 49 ta ijtimoiy xizmat mahallagaça tuşirilişi belgilandi.
Mahallada ijtimoiy xizmatlar körsatiş elektron platformasi işlab çiqiladi.
Yiğilişda «Muruvvat» uylari va Ijtimoiy qöllab-quvvatlaş markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov şaklida körsatişni yölga qöyiş topşirildi.
Kelgusi yildan 40 ta tumanda reabilitatsiya, soğlomlaştiriş va nogironligi bor şaxslarga qaraydiganlarni öqitiş böyiça köp tarmoqli ijtimoiy xizmatlar markazlari işga tuşiriladi.


















