Amir Temur shohko‘chasidagi davlat idoralari binolari biznes loyihalariga beriladi
Prezident Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etdi.

Foto: Kun.uz
Shavkat Mirziyoyev 3 aprel kuni xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi sessiyasida Yunusobod tumanidagi davlat muassasalarining eski binolarini tadbirkorlik loyihalari uchun berishni taklif etdi.
«Yunusobod poytaxtning eng qulay qismida joylashgani uchun kredit olmasdan, o‘z sarmoyasini kiritib, ish o‘rni yaratishga intilayotgan tashabbuskorlar juda ko‘p. Lekin ularni eng qiynaydigan masala — tumanda bo‘sh joy topish.
Amir Temur shohko‘chasi so‘nggi yetti yilda tadbirkorlar uchun eng jozibador ko‘chaga, hududning o‘sish nuqtasiga aylandi. Lekin ko‘chaning 6 kilometr qismida eskirgan qiyofadagi 3–4 qavatli 8 ta davlat idoralari joylashgan.
Bu binolarni yerosti avtoturargohi bor ko‘p qavatli savdo, xizmat va ovqatlanish obektlari, ofis va mehmonxona shaklida qayta qurish sharti bilan loyihalar amalga oshirilsa, tadbirkorlar va ish o‘rinlari sonini ko‘paytirish mumkin», – deya prezidentdan iqtibos keltiradi uning matbuot kotibi.
Shunday loyihalarni bank filiallari o‘rnida hamda davlat tashkilotlari egallab turgan 24,5 gektar negizida ham amalga oshirish mumkinligi ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun, Amir Temur maydonidan katta halqa yo‘ligacha boradigan Amir Temur shohko‘chasida Yunusobod tumani hokimligi, Toshkent moliya instituti, FHDYo arxiv binosi, tuman soliq bo‘limi, Majburiy ijro byurosi va boshqa obektlar joylashgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina 5 ming tonna bug‘doy ortilgan Rossiya kemasini hibsga oldi
Jahon | 19:59
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:49
-
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
Jahon | 19:46
-
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 19:32
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

13:16 / 07.02.2025