17:14 / 29.05.2021
4538
«Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Xorijdagi o‘zbekistonlik migrantlar huquqlarini himoyalash maqsadida «Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinishi kutilmoqda.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yuridik boshqarmasi boshlig‘i Kamola Shukurova Kun.uz bilan suhbatda qonun loyihasi ishlab chiqilgani va unda nimalar nazarda tutilayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Afsuski, mehnat migratsiyasi sohasida huquqiy tartibga solinmagan jihatlar mavjud. Bu – mehnat migratsiyasiga ancha yillar davomida panja ortidan qaralgani bilan bog‘liq.

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 6012-sonli farmoni asosida «Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Mazkur qonun loyihasida fuqarolarning pensiya ta'minoti bilan bog‘liq qator holatlar, mehnat migrantlarining huquqlari, ularni xorijga yuborayotgan yuridik shaxslarning huquq va majburiyatlari, ish beruvchining o‘z majburiyatlarini bajarayotgani yuzasidan monitoring qilishga oid normalar kiritilgan», – dedi Kamola Shukurova.

Top