17:28 / 29.05.2021
4136
Senat Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani ratifikatsiya qildi

29 may kuni Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi va ma'qullandi.

Konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi O‘zbekistonda nogironlar huquqlarini himoya qilishni ta'minlash uchun qo‘shimcha kafolatlar yaratish imkonini beradi. Shuningdek, qonunchilikni yanada takomillashtirish uchun dastur bo‘lib xizmat qilishi, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish va ular uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash nuqtai nazaridan davlat organlarining javobgarligini kuchaytirishi ta'kidlandi.

Konvensiya qabul qilinishi:

  • birinchidan, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish milliy tizimini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish;
  • ikkinchidan, nogironlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun xalqaro va xorijiy grant mablag‘larini jalb qilish imkoniyatlarini yaratish;
  • uchinchidan, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida O‘zbekistonning xalqaro imijini yaxshilash imkonini beradi.

Konvensiya nogironlarning huquqlarini himoya qilish va qo‘llab-quvvatlash, ularga nisbatan kamsitishga barham berish, ularning mehnat qilish, o‘z sog‘lig‘ini asrash, ta'lim olish va jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etish huquqini ta'minlash, odil sudlovga erishish, shaxsiy daxlsizligi, ekspluatatsiya qilinishdan va suiiste'mollikdan himoyalanishini, erkin harakatlanishini, shaxsiy mobilligini ta'minlashga qaratilgan 50 ta moddadan iborat

Top