08:32 / 04.06.2021
481
Izboskanda alimentni vaqtida to‘lamagan otalar jazolandi

Ikki nafar ota o‘z farzandlariga berilishi kerak bo‘lgan alimentlarni vaqtida to‘lamay kelgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor Turg‘unov hisobidan undiruvchi Karimova foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandi moddiy ta'minoti uchun oylik topgan daromadining 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

MIB Izboskan tuman bo‘limi tomonidan qarzdor Turg‘unov  alimentdan bo‘lgan qarzdorligini ixtiyoriy to‘lab qo‘yishi to‘g‘risida bir necha marotaba ogohlantirilishiga qaramasdan voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minotini o‘z holiga tashlab qo‘yishi 8 mln 800 ming so‘m qarzdorlikni keltirib chiqardi.

Yoki qarzdor Xasanov sudning qarori ijrosini ta'minlamasdan 2 nafar farzandi moddiy ta'minotiga befarqlik bilan qarab kelishi oqibatida alimentdan 5 mln 208 ming so‘m qarzdorlik to‘planishiga sababchi bo‘lgan.    

Qarzdorlarning yuqoridagi g‘ayriqonuniy harakatlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Izboskan tuman sudida ko‘rib chiqilib, ularga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq, alimentni o‘z vaqtida to‘lamagan andijonlik ikki nafar otaga qamoq jazosi tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Top