19:27 / 06.06.2021
1675
Samarqandda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi ayol vafot etdi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida yo‘lovchi ayol vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 31 may kuni M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Paxtachi tumani Xumor mahallasi hududidan o‘tgan 124-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. 

Isuzu yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab odam tushirayotgan Nexia mashinasining orqa tomonidan zarb bilan urilgan. Oqibatda Nexia mashinasida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ayol og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.  

Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Paxtachi tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Top