Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yo‘lning belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyodani mashina urib yuborgan.
Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 3 yanvar kuni soat 20:00 larda M-37 xalqaro avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Navoiy-Samarqand yo‘nalishida kelayotgan Gentra haydovchisi Paxtachi tumani Hayit Elbegi mahallasi hududida beton to‘siqdan oshib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda hodisa joyida vafot etgan.









