10:19 / 07.06.2021
5942

Koronavirus: Kunlik kasallanish holatlari 200dan ortiq, shifoxonalarda 3,4 ming bemor davolanmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda mamlakatning 13ta hududida 242 nafar fuqaroda kasallik aniqlangani va 147 bemor sog‘ayib chiqqani haqida xabar berdi.

«2021 yil 6 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101964 (+242) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 11 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 7 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 6 nafari Namangan viloyatida,
  • 23 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 5 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 48 nafari Toshkent viloyatida,
  • 115 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent shahrida 130 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 97861 (+147) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3407 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top