14:32 / 16.06.2021
899
FVV xodimlari tomonidan kanalda cho‘kib ketayotgan qiz qutqarib qolindi

Chortoq tumanidan o‘tuvchi «Katta Namangan kanali»da oqib ketayotgan qizcha FVV xodimi tomonidan qutqarib qolindi.

Hodisa kecha, 15 iyun kuni soat 19:40 larda, Namangan viloyati Chortoq shahar hududidan oqib o‘tuvchi “Katta Namangan kanali”da  yuzaga kelgan. 

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur hududda xizmat olib borayotgan Chortoq tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in-qutqaruvchilari kanalda oqib ketayotgan qizni ko‘rib qolgan. Shundan so‘ng, FVV xodimlari zudlik bilan qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar. 

Qutqaruvchilarning olib borgan tezkor sa'y-harakatlari natijasida fuqaro hushsiz holda qutqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va o‘ziga keltirilgan. O‘ziga keltirilgan qiz tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan.

Hozirgi vaqtda qutqarilgan insonning ahvoli o‘nglangan.

Top