Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani ma’lum qilindi.
Tuproqqal’a tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi Hazorasp tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali uni Xorazm viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1500 AQSh dollari talab qiladi.
DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u oldindan 400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shovot tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ham o‘zganing ishonchiga kirib, ichki ishlar organlaridagi tanishlari orqali unga haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytib, evaziga 1400 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m olganlik holati hujjatlashtirildi.
Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:55 / 11.03.2026
Nogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
10:00 / 08.03.2026
Talaba ayollarga imkoniyat, korrupsion litsenziya va kambag‘allik chegarasi - hafta dayjesti
21:45 / 07.03.2026
Si Jinping harbiylarni korrupsiyaga botgan amaldorlarni yashirmaslikka chaqirdi
12:37 / 07.03.2026