10:04 / 18.06.2021
26225

Koronavirus: Bir kunda to‘rt bemor o‘limi qayd etildi, bu o‘tgan yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda qariyb 400 kishida kasallik qayd etilib, 4 nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 17 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105219 (+385) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Kunlik o‘sish holatlari iyun oyining birinchi o‘n kunligida 200dan kam bo‘layotgandi, keyingi kunlarda esa keskin o‘sish kuzatildi. So‘nggi marta may oyi boshida kunlik kasallanish holatlari 400 atrofida bo‘lgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 72 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 20 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 12 nafar,
  • Navoiy viloyatida 6 nafar,
  • Namangan viloyatida 6 nafar,
  • Samarqand viloyatida 50 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 14 nafar,
  • Toshkent viloyatida 61 nafar,
  • Toshkent shahrida 202 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 101018 (+395) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 717 nafarni tashkil qildi. 

O‘zbekistonda bir kunda koronavirus tufayli to‘rt o‘lim qayd etilishi so‘nggi bor 2020 yil 15 noyabrida kuzatilgandi. 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3484 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top