11:50 / 18.06.2021
7178
Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq sher bolasi olib kelindi

Janubiy Afrika Respublikasidan «Wildlife care» kompaniyasi tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga Joni va Jyenni laqabli ikkita sakkiz oyli oq sher bolasi olib kelindi.

Oq sherlar tabiatda juda kam uchraydi va ularning soni atigi 300 taga yetadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog‘larida saqlanadi.

Oq sher – bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykemizm» nomi ostida ma'lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir.

Ularni faqat Janubi-Sharqiy Afrikada yashovchi afrika sherlarining «Panthera leo krugeri» nomli transvaal ost turkumi orasida uchratish mumkin.

Rangi ko‘zga tashlanadigan bo‘lgani uchun yovvoyi tabiat qo‘ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda xalaqit beradi. Ular osongina boshqa yirtqichlar va brakonerlar o‘ljasiga aylanishadi.

Top