17 dekabr kuni Toşkent viloyati Parkent tumanidagi Lion park xususiy hayvonot boğida qafasidan çiqib ketgan şerlar qorovulga hujum qilib, uni öldirdi.

Viloyat Içki işlar boş boşqarmasi bergan xabarga köra, holat soat 05:00 atrofida sodir bölgan. Bir qafasda saqlanayotgan uçta şer qafasdan boğ hovlisiga çiqib ketgan. Voqea vaqtida maskan taşrif buyuruvçilar uçun yopiq bölgan.

Hovlidagi şerlar şu yerda qorovul bölib işlovçi 44 yoşli F.I.ga taşlanib unga jarohat yetkazgan. Fuqaro olgan tan jarohati oqibatida vafot etgan. U hayvonlarni kattakka qaytarmoqçi bölgan.

«Körilgan çoralar natijasida şerlar maxsus qafasga qaytarilgan. Atrofdagi boşqa şaxslarga zarar yetmagan. Hozirda mahalliy aholi uçun xavf-xatar yöq», — deyiladi IIBB xabarida.

Boş prokuratura matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qilişiça, 2 ta şer uxlatuvçi dori vositalar qöllangan holda katakka qaytarilgan. Uçinçisi mahalliy ovçi tomonidan otib öldirilgan.

Şuningdek, parkda mavjud bölgan barça yirtqiç hayvonlar sanoqdan ötkazilib, ular joy-joyida ekani va kataklar maqkamlangan holdaligiga işonç hosil qilingan.

Holat yuzasidan Parkent tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Natijasi haqida qöşimça xabar beriladi.