10:44 / 23.06.2021
3152

Qaynonasining tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlagan kelin qo‘lga tushdi

Rishton tumanida kelin qaynonasining qariyb 10 million so‘mlik tilla taqinchoqlarini o‘g‘irladi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, 13 iyun kuni «Ar-Roshidoniy» MFYda yashovchi S.D. ismli ayol IIBga murojaat qilib, 12 iyun kuni noma'lum shaxs yashash xonadoniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonasidagi temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, narxi 4 200 000 so‘mlik ikki dona tilla sirg‘asi, 3 600 000 so‘mlik bir dona tilla zanjir, narxi 2 000 000 so‘mlik bir dona tilla uzugini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini ma'lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchi S.D. ismli ayolning birga yashovchi kelini K.X. sodir etgani sababli jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 169-modda 1-qismiga (o‘g‘rilik) qayta malakalangan.

Avvalroq Furqat tumanida qaynonasining plastik kartasidagi pullarini o‘g‘irlagan kuyov javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi.

Top