Tarqalgan xabarlarda 700 ming söm uçun qaynona Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilgani hamda unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangani haqida gap boradi. Aslida voqea biroz boşqaça bölgan.

2023 yil 23 mart kuni jinoyat işlari böyiça Farğona tuman sudida kelinining plastik kartasidagi pulni yaşirin ravişda naqdlaştirib olgan qaynopa işi körib çiqilgan.

Sud hukmida keltirilişiça, Farğona tumanida yaşovçi 42 yoşli G.T. 2023 yil 6 yanvar kuni keliniga (ukasining turmuş örtoği) tegişli bölgan SIM-kartani öz telefoniga örnatib, raqamga ulangan plastik kartadan pul öğirlagan. U 704 ming söm pulni klik ilovasi orqali boşqa tanişining kartasiga ötkazib, naqdlaştirib olgan hamda öz ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

Kelinning telefon raqamiga ulangan plastik karta aslida uning onasiga tegişli bölgan, qaynopa kelinining pulini emas, uning onasiga tölab berilgan nogironlik nafaqasini öğirlagan.

Qaynopa Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğirlik) 3-qismi “b” bandi bilan aybli deb topilgan va unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan. Ayblanuvçi Jinoyat kodeksining 72-moddasiga asosan şartli hukm qilingan va unga nisbatan 1 yil sinov muddati belgilangan.