1 iyuldan tadbirkorlarga qanday imtiyozlar beriladi?
Qonunchilikda 2021 yil 1 iyuldan boshlab bir qancha yo‘nalishdagi tadbirkorlarga davlat tomonidan imtiyozlar berilishi belgilab qo‘yilgan. Ulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.
Parrandachilik bo‘yicha imtiyozlar
2021 yil 1 iyuldan boshlab 2024 yil 1 iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik bo‘lgan tadbirkorlik sub'yektlari uchun:
- foyda solig‘i (tijorat banklarida joylashtirilgan mablag‘lardan olingan foizlardan tashqari);
- mol-mulk solig‘i;
- yer solig‘i;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.
2022 yil 1 iyulga qadar tuxum, parranda go‘shti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorida kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish va ularning rivojlanishi uchun 1 iyuldan:
- tashkilotning mavjud quvvatiga qarab 50 nafargacha bolani tarbiyalashga, tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, 4 nafargacha tarbiyachi va yordamchilarni yollashga ruxsat beriladi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tomonidan yollangan (Toshkent shahri, Nukus shahri va viloyatlar markazlarida — 2 nafargacha, boshqa hududlarda — 4 nafargacha) tarbiyachi va yordamchilarga tegishli toifa bo‘yicha qisqa muddatli yoki 9 soatlik davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlarida va hajmlarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ish haqi to‘lanadi;
- oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hududiy maktabgacha ta'lim boshqarmalari orqali o‘quv materiallari bilan bepul ta'minlanadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar AK «Xalq banki» tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun 30 million so‘mgacha 5 foizli kreditlar ajratiladi.
Tumanlarning ma'muriy markazlaridan tashqari joylarda yangi tashkil etiladigan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan jihozlash me'yorlariga muvofiq mebel, jihoz va asbob-uskunalarni sotib olish uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan 30 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
Chorvachilikka subsidiyalar
1 iyuldan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan:
- chorvachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun 2 000 so‘m hamda sutining har bir litri uchun 200 so‘m;
- parrandachilik xo‘jaliklariga — o‘z xo‘jaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 so‘m hamda parranda go‘shtining har bir kilogrammi uchun 800 so‘m;
- baliqchilik xo‘jaliklariga — intensiv usulda yetishtirilgan sovuq suv baliqlari (losos, forel va osyotr)ning har bir kilogrammi uchun 3 000 so‘m, qolgan turdagi baliqlar uchun 1 000 so‘m miqdorida respublika budjetidan subsidiya beriladi.
Ushbu subsidiyalar QQSdan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan, shuningdek, kontragentlarni tanlashda lozim darajada ehtiyotkor bo‘lgan korxonalarga ularning subsidiyalar olish to‘g‘risidagi arizalariga asosan keyingi oyning 25 sanasigacha ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldor ustidan tergovga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jahon | 19:16
-
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Jahon | 18:37
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
Mavzuga oid

14:47 / 27.03.2025
Kambag‘al oilalarga 22,5 mln so‘m grant, ijtimoiy kartaga “ko‘chayotgan” qog‘ozbozlik va yetim bolalarga g‘amxo‘rlik – 1 apreldan nimalar o‘zgaradi?

19:33 / 25.02.2025
Hokimlarga qo‘shimcha vakolat, avtomatik tayinlanadigan pensiya va skuter uchun “prava” – 1 martdan nimalar o‘zgaradi?

13:09 / 27.01.2025
Kambag‘al oilalarga vaucher, bog‘chalarda elektron davomat va rivojlantiriladigan elektrotexnika sanoati – 1 fevraldan nimalar o‘zgaradi?

13:12 / 26.12.2024