Bu yil ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlariga mantiqiy savollar ham qo‘shiladi
2021 yildan boshlab, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga qarashli ixtisoslashtirilgan maktablarning imtihon savollariga mantiqiy savollar ham qo‘shiladi. Shuningdek, olimpiada g‘oliblari ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinishi mumkin bo‘ladi.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining Iqtidorli yoshlarni tanlab olish shu'basi rahbari va qabul komissiyasi rahbari o‘rinbosari Sherzod Xudoyqulov agentlikka qarashli 3ta ixtisoslashtirilgan maktabda qabul jarayonlaridagi o‘zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
“Imtihon tartibi 3ta ixtisoslashtirilgan maktabda ham bir bosqichli test sinovi shaklida bo‘ladi. Bunda har bitta maktabning o‘z ixtisoslik fanidan kelib chiqqan holda test tuziladi va shu orqali o‘quvchilar saralab olinadi”, – dedi Xudoyqulov 3 iyul kungi matbuot anjumanida.
Uning ta'kidlashicha, bu yilgi imtihonlardagi muhim o‘zgarishlardan biri – test sinovlariga mantiqiy savollarning qo‘shilishi bo‘ladi. Ya'ni har bir maktabda o‘zining ixtisoslik faniga moslashgan mantiqiy savollar test savollariga qo‘shiladi.
Sherzod Xudoyqulov imtihon javoblarining e'lon qilinishiga ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, o‘quvchilar test topshirib bo‘lganlari zahoti o‘z natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. Imtihonlar tugaganidan keyin qabul komissiyasi barcha o‘quvchilarning ballarini hisoblab chiqib, eng yuqori ball olganlar kesimida qabul kvotasiga ko‘ra qarorini chiqaradi.
Agentlik rahbari Hilola Umarovaning so‘zlariga ko‘ra, bu yil ixtisoslashtirilgan maktablarga olimpiada g‘oliblari imtihonsiz qabul qilinishi mumkin. Bunda olimpiadada 5ta yo‘nalish bo‘yicha yuqori o‘rin olgan o‘quvchilar 10-sinfga qabul qilinadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

23:11 / 18.04.2025
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda

20:18 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi

17:45 / 13.01.2025
“Asosan bepul onlayn kurslardan foydalandim” - O‘zbekistonda ilk bor SAT'dan 1600 ball olgan buxorolik 18 yoshli yigit

14:24 / 06.11.2024