Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining Iqtidorli yoşlarni tanlab oliş şu'basi rahbari va qabul komissiyasi rahbari örinbosari Şerzod Xudoyqulov ixtisoslaştirilgan maktablarga ajratilgan qabul kvotalari haqida ma'lumot berdi.
“Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi axborot kommunikatsiya va texnologiyalariga ixtisoslaştirilgan maktabning 5-sinflari uçun 120ta va 10-sinflari uçun 144ta kvota ajratilgan.
Mirzo Uluğbek nomidagi fizika matematika, astronomiya va informatikaga ixtisoslaştirilgan maktab-internatining 7-sinfiga 40 nafar va 8-sinfiga ham 40 nafar kvota belgilangan.
Abu Ali ibn Sino nomidagi yoş biologlar va kimyogarlar ixtisoslaştirilgan maktab-internatining 7-sinfiga jami 120 nafar, bunda 80 nafar özbek va 40 nafar rus sinflariga va 8-sinfiga ham xuddi şunday jami 120 nafar, bunda 80 nafar özbek va 40 nafar rus sinflariga qabul kvotasi ajratilgan”, – deya Xudoyqulovning 3 iyul kungi matbuot anjumanidagi sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Agentlik tizimidagi 3ta ixtisoslaştirilgan maktabga hujjatlar qabuli 1-20 iyul kunlari bölib ötadi.
Bunda, ota-onalardan ariza.piima.uz sayti orqali öquvçining 3x4 rasmi, guvohnomasi va 2020/21 öquv yilida yakunlagan sinfi böyiça tasdiqlangan baholar tabelini topşirişlari talab etiladi.
Bu yil ixtisoslaştirilgan maktab imtihonlariga mantiqiy savollar ham qöşiladi
2025 yilgaça barça hududlarda ixtisoslaştirilgan maktablar oçiladi — Hilola Umarova
















