14:04 / 12.07.2021
4952

Namanganda suv talashish ortidan sodir bo‘lgan janjal oqibatida fuqaro vafot etdi

Namangan shahar Davlatobod tumanida suv talashish ortidan sodir bo‘lgan janjal oqibatida fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 6 iyul kuni soat 21:00larda, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan N.O. MChJlardan biriga qarashli bog‘da To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan M.N. bilan suv talashib o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan bosh qismiga urgan. Zarba natijasida M.N. boshi bilan yerga yiqilib, tan jarohati olgan va uni N.O.ning o‘zi shifoxonaga olib borgan.

Qayd etilishicha, M.N. olgan tan jarohati bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 10 iyul kuni vafot etgan. Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma'lumotnomasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bosh miya yopiq shikasti, bosh miya to‘qima ostiga qon quyilishi sabab bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 10 iyul kuni Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Top