17:56 / 14.07.2021
10456
O‘zbekistonlik Sarvar Ismoilov APL klubi direktorlar kengashidan o‘rin oldi

Milliarder Alisher Usmonovning jiyani Sarvar Ismoilov Angliyaning «Everton» klubi direktorlar kengashiga kiritildi. Bu haqda Liverpul klubi rasmiy sayti xabar bergan.

O‘zbekistonlik 26 yoshli ishbilarmon «Everton» klubi direktorlar kengashida klub xo‘jayini eronlik Farhod Moshirining vakili sifatida ishtirok etish bilan birga, klubning Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi bilan aloqalarini mustahkamlash bilan shug‘ullanadi. 

«Everton» klubi direktorlar kengashiga a'zo bo‘lish – men uchun katta faxr. Bu katta mas'uliyat ekanligini tushunib turibman. Direktorlar kengashi va klub rahbariyatiga menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildirib qolaman.

Bu klubni juda yaxshi ko‘raman. Jamoa ravnaqi uchun yangi g‘oyalarim bilan ishtirok etib, bor kuch va imkoniyatlarimni ishga solishga tayyorman. Biz yangi erani boshlayapmiz va faqat oldinga qarab katta ishonch bilan harakat qilishda davom etamiz», - deya Ismoilovning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

Eslatib o‘tamiz, Sarvar Ismoilov 2019 yildan buyon «Everton» klubining ayollar jamoasi sport va tijoriy direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Ma'lumot uchun, «Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoani tark etib, «Real» bosh murabbiyiga aylangach, uning o‘rnini Rafael Benites egalladi.

Top