13:32 / 20.07.2021
10040

Xitoy-o‘zbek vaksinasining navbatdagi 1 mln dozasi olib kelindi

Bugun ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi 1 mln dozalik partiyasi yetib keldi. Bunga qadar bu vaksinadan jami 6,5 million doza keltirilgandi. Oy oxirigacha yana 3 mln doza shu turdagi vaksina olib kelinadi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati

20 iyul kuni Xitoy va O‘zbekiston hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan yana 1 million doza Toshkentga keltirildi. Iyul oyida ushbu vaksinadan yana 3 mln doza keltirilishi rejalashtirilgan.

Vaksinaning 1 mln dozalik birinchi partiyasi joriy yilning 27 mart kuni, 1 million doza - 27 aprel kuni, 1 mln doza - 18 may kuni, 500 ming doza - 19 may, 1 mln doza – 10 iyunda, 1 mln doza 29 iyun kuni va yana 1 million doza 30 iyun kuni keltirilgan edi.

Avvalroq, Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston-Xitoy hamkorligida yaratilgan rekombinant vaksinadan joriy yilning 20-25 iyul kunlari 4 mln doza olib kelish rejalashtirilgani haqida ma'lum qilgan edi.

Shuningdek, avgust oyida «Sputnik V» vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksina olib kelinishi kutilmoqda.

16 iyul kuni Ozarboyjon COVAX global tashabbusining hamkori sifatida O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinacini taqdim etdi.

19 iyul holatiga ko‘ra, 5,8 million doza vaksina emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top