Ozarboyjon O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinasi yubordi
Ozarboyjon elchixonasi ko‘magi bilan COVAX global tashabbusiga ko‘ra 50 ming doza vaksina Toshkentga keltirildi.
![](https://storage.kun.uz/source/7/t8GFrJKpEQLUBvGuTZxmTJaP_eYREAJN.jpg)
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
«Ozarboyjon COVAX global tashabbusining hamkori sifatida O‘zbekistonga 50 ming doza AstraZeneca vaksinacini taqdim etdi. Ushbu vaksinalar Ozarboyjon Respublikasi elchixonasi ko‘magida Toshkentga keltirildi.
YuNICeF bilan hamkorlikda barcha mamlakatlarga vaksinalarning teng taqsimotini ta'minlash maqsadida amalga oshirilgan bu amaliyotdan so‘ng O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetdi», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
![](https://storage.kun.uz/source/7/zBuxqfYS3V3kDV7RgVEhEMgs5ET5WjJb.jpg)
«Vaksinalar shoshilinch tarzda hammaga adolatli ravishda yetkazib berilmas ekan, dunyo COVID-19 virusining mutatsiyalari xavfi ostida qolaveradi», deyiladi UNICEF Uzbekistan xabarida.
![](https://storage.kun.uz/source/7/i6nupZ1xy9wlX5f9gWSWZm-Fw6aaOKbW.jpg)
Eslatib o‘tamiz, mart oyida COVAX dasturi doirasi O‘zbekistonga 660 ming doza AstraZeneca vaksinasi keltirilgan edi.
O‘zbekistonda hozirga qadar koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 985 ming kishidan oshgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, O‘zbekistonda 15 iyul kuni 122 574 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llandi, shundan 95 489 dozasi birinchi bosqichda, 14 735 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 12 350 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llangan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 397 765 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 505 103 dozasi ikkinchi va 543 496 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 349 166 kishini tashkil etmoqda.
Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 985 157 nafarni tashkil qilmoqda.
15 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Namangan viloyati (18 928 doza),
- Farg‘ona viloyati (18 512 doza),
- Samarqand viloyati (12 691 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Namangan viloyatida 694 123 doza,
- Farg‘ona viloyatida 687 022 doza,
- Andijon viloyatida 608 464 dozani tashkil qilmoqda.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati qisqartirilishi mumkin
O‘zbekiston | 18:19 / 13.02.2025
Tramp va Mask demontaji: USAID o‘rnini Xitoy egallamoqda
Jahon | 16:35 / 13.02.2025
Ka’ba atrofida rasmga tushish taqiqlandimi?
Jamiyat | 14:35 / 13.02.2025
Tramp Putin va Zelenskiyga telefon qildi. Asosiy ma’lumotlar
Jahon | 13:32 / 13.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Hammasini Tramp boshqaradi» – Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha harakatlar boshlandi
Jahon | 02:00
-
AQShda noqonuniy migrantlar oqimi oxirgi 60 yildagi eng past darajada tushdi
Jahon | 01:25
-
WP: Zelenskiy foydali qazilmalar bo‘yicha AQSh bilan kelishuvni imzolashdan bosh tortdi
Jahon | 00:54
-
Apple va Google TikTokʼni o‘zlarining ilovalar do‘koniga qaytardi
Fan-texnika | 00:23
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/O1E8N5zN_jQC7PLMoVfmhT27L0aqkpiP_medium.jpg)
07:07 / 14.02.2025
Tiklanayotgan Ag‘dam: u yaqin kelajakda eng jozibali turistik yo‘nalishlaridan biriga aylanadi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/gFm2mrZKeCCK4min_cf5a8C19MhLK6AN_medium.jpg)
14:50 / 12.02.2025
Bokuda «Rus uyi» yopilishi Moskva bilan siyosiy sovuqlik nishonasimi?
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/c5MHXFPZ-ftuJyqu5q1ogIxGVd5w6KL7_medium.jpg)
10:50 / 11.02.2025
Ozarboyjon Nikolay Valuyev mamlakatga kirishini taqiqladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/11/Ecw8Wlwu3xQXUConcWZsbj8h8Xr_uyp-_medium.jpg)
22:34 / 06.02.2025