Özbekiston elçixonasi tomonidan Xitoydagi vatandoşlar iştirokida mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarga bağişlangan davra suhbati ötkazildi.
"Dunyo" xabariga köra, unda Xitoydagi fuqarolarning huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qiliş, ular duç kelayotgan masalalarni tezkor hal etiş maqsadida mezbon mamlakat huquqni muhofaza qiliş idoralari bilan uzviy hamkorlik aloqalari örnatilgani ta’kidlandi.
Öz navbatida, vatandoşlar "konsalting" xizmatlarini körsatiş niqobi ostidagi fuqarolarning çet elga öqişga va işga jönatiş bilan boğliq firibgarlik holatlaridan ehtiyot bölişga çaqirildi.
Özbekiston diplomatik vakolatxonalari tomonidan çet ellardagi vatandoşlarni qöllab–quvvatlaş, ularga huquqiy maslahat beriş va yordam körsatiş, terrorizm, ekstremizm ğoyalari ta’siridan himoyalaş hamda turli noqonuniy faoliyat bilan boğliq xavflardan ogohlantiriş böyiça çora-tadbirlar körilayotgani qayd etildi.
Barça vatandoşlar, ogohlik va huşyorlikni yanada oşirişga, sodir bölayotgan hodisalarga befarq bölmaslikka da’vat etildi.













