Bugun, 15 iyul kuni tunda Özbekistonga Rossiyadan koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasining 70 ming dozalik 1-komponenti, 20 ming dozalik 2-komponenti olib kelindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Şu kunga qadar «Sputnik V» vaksinasidan aprel oyida 2 partiya (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent), iyun oyida 2 partiya (70 ming dozalik 1-komponenti va 70 ming dozalik 2-komponenti), iyul oyida 1 partiya (40 dozalik 1-komponenti) olib kelingan edi.
Ayni paytda Özbekistonda «Sputnik V» vaksinasi zaxirasi 370 ming dozaga yetdi. Jami vaksina zaxirasi 7 million 530 ming dozani taşkil qilmoqda. Şundan 660 ming dozasi AstraZeneca, 6,5 million dozasi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir.
14 iyul holatiga köra, 5 million 275 ming doza vaksina emlaş jarayonlarida qöllangan.
Soğliqni saqlaş vazirligining axborot berişiça, joriy yilning 20-25 iyul kunlari ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasidan yana 4 mln doza olib keliş rejalaştirilgan.
Şuningdek, avgust oyida «Sputnik V» vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust-sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinişi kutilmoqda.













