14:03 / 24.07.2021
1113
Farg‘ona shahrida fermer xo‘jaligi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Farg‘ona shahrida fuqaro bog‘dorchilik uchun ajratilgan yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga uringanda qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament axborot xizmati ma'lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan DXXning viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.M. “H.” fermer xo‘jaligiga bog‘dorchilik yo‘nalishi uchun ajratilgan 4,75 gektar yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, fuqaro M.ga hujjatlarni uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan kelishilgan 11 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Yozyovon tumanida fermer xo‘jaligi rahbaridan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo‘lgan firibgarlar 

Top