19:55 / 02.08.2021
4957

Kongodagi yo‘l-transport hodisasida 33 kishi halok bo‘ldi

Kongo Demokratik Respublikasi g‘arbida benzovoz va avtobus to‘qnashuvi oqibatida kamida 33 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiyaga tayanib AFP axborot agentligi xabar berdi.

Avtohalokat Kvango shahri yaqinida 1 avgustga o‘tar kechasi yuz bergan. Transport vositalari to‘qnashuvidan keyin portlash yuz bergan va yong‘in chiqqan.

Yo‘lning avtohalokat yuz bergan qismi to‘sib qo‘yilgan. Fojia yuzasidan tergov boshlangan.

Top