08:48 / 04.08.2021
3345

6 oyda 1,5 mln fuqaro jamoat tartibini buzgani uchun ichki ishlar organlariga olib kelingan 

Joriy yil 6 oyi mobaynida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 1 mln 575 mingdan oshiq fuqaro jamoat tartibini buzgani uchun ichki ishlar organlariga olib kelinib, ular bilan tegishli tartibda profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi mas'ul xodimi, podpolkovnik Aziza Haydarova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, ulardan 681 mingdan ortig‘i aynan profilaktika inspektorlari tomonidan amalga oshirilgan.

Mazkur fuqarolardan 733 ming nafari ma'muriy huquqbuzarliklarni sodir etgani, 14 mingdan oshig‘i tilanchilik bilan shug‘ullangani, 13 mingdan ko‘pi esa mast holatda jamoat tartibini buzgani aniqlangan.

Shuningdek, ichki ishlar organlariga olib kelinganlar ichida 4 mingdan ziyod uy-joyi bo‘lmagan shaxslar hamda 4 958 nafar ota-onasining qarovsiz qolgan bolalar tashkil etgan.

Profilaktika inspektorlarining mehnati oqibatida 4 559 ta mahallada bironta jinoyat sodir etilishiga yo‘q qo‘yilmagan, ya'ni respublika hududidagi mahallalarning deyarli yarmida jinoyat bo‘lmagani aytildi.

Top