Sönggi yillarda içki işlar organlarini çinakam xalqçil tuzilmaga aylantiriş, aholi uçun barça şahar va qişloqlarda xavfsiz yaşaş va mehnat şaroitini yaratiş maqsadida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Eng quyi böğindagi vaziyat va muammolarni çuqur örganiş asosida har qaysi mahallani jinoyatdan xoli hududga aylantirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Şu maqsadda 350 dan ziyod mahallada huquq-tartibot maskanlari taşkil etildi, 9,5 mingga yaqin mahallada profilaktika inspektorlari faoliyati yölga qöyildi.
Uşbu işlarning mantiqiy davomi sifatida joriy yildan boşlab “mahalla yettiligi” tizimi taşkil etildi. Endi profilaktika inspektori ana şu tizimning eng faol a’zosiga aylanib, vaziyatni xonadonlar kesimida örganadi. Birinçi navbatda, huquqbuzarlik sodir etiş yoki undan jabr köriş ehtimoli yuqori bölgan fuqarolarni aniqlab, ularning ijtimoiy-maişiy muammolarini “mahalla yettiligi” imkoniyatlaridan foydalangan holda hal etiş çoralarini köradi.
Eng muhimi, joylarda voyaga yetmaganlar va yoşlarning huquqiy ongini oşiriş, ularni soğlom turmuş tamoyillari asosida tarbiyalaş orqali ijtimoiy jihatdan xavfli xatti-harakatlar sodir etilişining barvaqt oldini oliş böyiça amaliyot yölga qöyiladi.
“Biz Yangi Özbekiston şaroitida “Barça islohot va özgarişlar – inson qadrini yuksaltiriş uçun” degan ezgu tamoyilga sodiq qolgan holda, şu yölda boşlagan işlarimizni yangi bosqiçga kötarişimiz zarur. Bu borada ötgan davrda jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohasida yaratilgan mustahkam huquqiy bazaga tayanamiz”, deydi prezident.
Ta’kidlanişiça, içki işlar organlari sohasiga raqamli texnologiyalar, xorijiy mamlakatlarning ilğor tajribalariga asoslangan zamonaviy iş yuritiş vositalari, sun’iy intellekt yordamida faoliyat körsatadigan axborot-ma’lumot tizimlari jadal tatbiq etilmoqda. Jamoat joylarida vaziyatni onlayn kuzatiş, fuqarolarning murojaatlarini masofadan turib qabul qiliş, huquqbuzarliklarni inson omili iştirokisiz qayd etiş amaliyoti bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Barçamiz yaxşi bilamizki, hamma sohalarda bölgani kabi içki işlar tizimida ham yuksak malakali, zamonaviy fikrlaydigan, öz kasbiga, Vatanimiz va xalqimizga sodiq kadrlar islohotlar taqdirini belgilab beradi. Şu ma’noda, mamlakatimiz öz taraqqiyotining hal qiluvçi bosqiçiga kötarilayotgan bugungi şaroitda har bir xodimdan yetarli bilimga ega böliş, muloqot va muomala madaniyatini oşiriş, har qanday murakkab vaziyatda ham töğri qaror qabul qilib, zimmasidagi vazifalarni sidqidildan bajariş uçun öz ustida tinimsiz işlaş talab etiladi. Barçamiz uçun xalqimiz hayoti eng katta maktab ekanini heç qaçon unutmaylik. Şu maktabda bilim olib, toblanib, el-yurt manfaatlari uçun kuraşib yaşaş – bu eng oliy saodatdir.

















