09:17 / 04.08.2021
1718

Samarqandda «Nexia» va «Isuzu» yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida «Nexia» va «Isuzu» yuk mashinasi o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda «Nexia» haydovchisi turli darajada tan jarohatlari olgan. Shuningdek, har ikkala mashina jiddiy shikastlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 3 avgust kuni soat 16:30larda Payariq tumani hududidan o‘tuvchi mahalliy 4K-493 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida «Nexia» va «Isuzu» yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Samarqand-Chelak yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Nexia» mashinasi quvib o‘tish qoidalarini buzgan holda harakatlangan. Oqibatda «Isuzu» yuk mashinasi bilan o‘zaro to‘qnashuv sodir etgan. Mazkur yo‘l-transport hodisasida «Nexia» mashinasi haydovchisi turli darajada tan jarohatlari olgan va Payariq tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Bundan tashqari, har ikkala mashina ham jiddiy shikastlangan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Payariq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top