Samarqand şahridagi köçalardan birida töxtab turgan Captiva maşinasi yonib ketgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yilning 3 avgust kuni soat 16:20larda Samarqand şahar, Mirzo Uluğbek köçasida joylaşgan 4-oilaviy poliklinika avtoturargohida töxtab turgan Captiva maşinasining dvigatel qismida yonğin yuzaga kelgan.

Hodisa haqida şahar FVBga xabar tuşgandan hodisa joyiga yonğin öçiriş bölinmasi yetib borgan va yonğin öçirilgan. Mazkur yonğin hodisasida heç kim jarohat olmagan. Captiva maşinasi esa yaroqsiz holga kelgan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan hududiy FVB va IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilmoqda. Yonğinning kelib çiqiş sabablari va yetkazilgan zararga aniqlik kiritilmoqda.
Samarqandda xorijiy davlatga tegişli yuk maşinalari yonib ketdi












